Sukerberg uyini to`sayotgan to`rtta qo`shnisining uyini buzadi

15:09, 24 may

Facebook kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg to`rtta qo`shnisining uyini buzishni talab qildi. Uning aytishicha, bu uylar unga Kaliforniya shtatidagi Palo-Altodagi uyini to`sib qo`ymoqda, deya xabar beradi Fox News telekanali.

Ularning o`rniga 32 yoshli milliarder boshqa to`rtta uy qurmoqchi, biroq ushbu uylarning umumiy maydoni kichikroq bo`ladi. Bunday reja mashhur ijtimoiy tarmoq asoschisiga qanchaga tushishi ma`lum emas. Shunisi ma`lumki, 2013 yilda Sukerberg uyi atrofidagi barcha uylarni sotib olishga $30 mln ortiq pul sarflagan. U asosiy uyini harid qilganidan so`ng, rieltorlarning Sukerbergning uyida nima bo`layotganini kuzatish mumkin bo`lgan boshqa binolar qurish haqidagi rejalarini bilib qoldi.

Aniqlanishicha, maydoni 464,5 kvadrat metr keladigan uy unga $7 mln tushgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!