Ronaldu “Real” mashg`ulotida jarohat olib, EChL finalidagi ishtirokini shubha ostiga qo`ydi

16:46, 24 may

Evropa Chempionlar ligasi finaliga tayyorgarlikni boshlab yuborgan Ispaniyaning “Real Madrid”  jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashg`ulotlar vaqtida kutilmaganda jarohat oldi

Ma`lumotlarga ko`ra, 31 yoshli futbolchi darvozabon Kiko Kasilya va himoyani Dani Karvahal bilan to`qnashib ketgan. 

Shifokorlar unga yordam berishiga qaramay, u mashg`ulotlarni muddatdan avval tark etdi. Uning jarohati qanchalik jiddiy ekani haqida xabar berilmagan. 

Eslatib o`tamiz, “Real” 28 may kuni “Atletiko”ga qarshi EChL finaliga to`qnash keladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!