Yong`indan qutulish uchun butun oila 5-qavatdan sakradi (Video)

11:28, 25 may

Rossiyaning Vladimir viloyati Strunino shahrida mudhish hodisa yuz berdi. Uyida o`t chiqqan oila a`zolari yog`indan qochaman deb beshinchi qavatdan sakradi va halokatdan qutulib qolishdi. Qo`shnilar ularga yordam maqsadida pastda gilam tortib turishdi, yana bir necha kishi kameraga suratga ham olishdi.

Dastavval oila boshlig`i pastga chaqaloqni otdi. So`ng kattaroq yoshdagi bolani. Keyin 5-qavatdan ona sakradi. Eng ohirgi bo`lib oila boshlig`ining o`zi sakradi. U gilamning chetiga tushgani sababli suyagi sindi, ammo uning hayoti xavfdan holi. O`t o`chiruvchilar voqea joyiga jabrlanganlar kasalxonaga yuborilganidan so`ng etib borishdi.

FVVda oilaning bu qarorini hatar katta bo`lgani sababli sovuqqonlik deb baholashdi. Shu bilan birga oila a`zolarni uydagi tutun ham halok qilishi mumkin bo`lgan, ular uydan balkonga chiqqan chog`da uy tutunga to`lgan. Yong`in sabablari aniqlangan: bir qavat pastda yashovchi qo`shni uyida quymoq tayyorlayotgan bo`lgan va bir muddatga gazni qarovsiz qoldirgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!