Joze Mourino “MYu” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

12:22, 25 may

“Manchester Yunayted” jamoasi “Chelsi” sobiq ustozi bilan olib borgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topdi, deb xabar bermoqda The Sun.

Ma`lum bo`lishicha, tomonlar 5 yillik kelishuv borasida muzokaralar o`tkazgan. Portugaliyalik murabbiy 3 yillik shartnomaga imzo chekishni istagan, biroq mankunianlar rahbariyati uzoq muddatli bitimni ko`zlaganligi aytilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Mourino “MYu”dagi 5 yillik faoliyati davomida 75 million funt ishlab olishi kutilmoqda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!