Erkaklarning puli ko`paysa “yurishi” isbotlandi

12:49, 25 may

Pekin pedagogika universiteti psixologlarining aniqlashicha, erkak va ayol o`rtasidagi romantik munosabatlarga nafaqat his-tuyg`ular, balki pul, boylik ham ta`sir ko`rsatar ekan, deb yozadi “Lenta.ru”.

Xitoylik psixologlar aynan mana shu mavzuda tadqiqot o`tkazishdi. Bundan ko`zlangan maqsad esa erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlarda pul qanday rol o`ynashini aniqlash edi. Tadqiqotda oilali bir necha yosh yigit-qizlar ishtirok etdi.  

Birinchi tajribada 182 nafar xayrixohlar qatnashdi. Tajriba ishtirokchilariga tangalar tarqatildi va ular ikki: boy va kambag`allar guruhiga ajratildi.

Puli “ko`payib” qolgan tajriba ishtirokchilaridan o`z xotinlaridan ko`ngli to`lishi yoki to`lmasligi so`raldi. Ularning aksariyati ayni paytdagi ishqiy mungosabatlaridan ko`ngli to`lmasligini bildirgan. Kamroq pul berilgan tajriba ishtirokchilarida esa bunday hol nisbatan kamroq kuzatilgan. Shuningdek, tajribada ishtirok etayotgan va badavlat guruhga kiritilgan ayollarda qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan fikr unchalik o`zgarmagan. Ular erkak kishiga qo`yiladigan talablarini puli ko`paygach ham o`zgartirmagan.

Ikkinchi tajribada esa 56 nafar kishi qatnashgan. Xayrixohlardan o`zlarini badavlat yoki o`rtahol sifatida tasavvur qilish so`ralgan. Shundan so`ng ularga qarama-qarshi jins vakillarining suratlari ko`rsatilgan. Ishtirokchilardan suratdagi chiroyli qiz yoki yigit bilan uchrasha olish yoki olmasligi so`ralgan. Bundan tashqari, tajriba ishtirokchisi yolg`iz o`zi bir necha kursilar turgan xonaga kiritilgan va kursilardan istalganiga o`tirish taklif etildi. Ishtirokchilardan suratdagi qarama-qarshi jins vakili faysi kursida o`tirishni ko`rsatish ham talab etildi.    

Tajriba natijalari shuni ko`rsatdiki, o`zlarini badavlat his etuvchi insonlar qarama-qarshi jins vakillari bilan tezda munosabatda kirishar ekan. O`zlarini birmuncha o`rtahol hisoblaydiganlarda esa bunday hol kamroq kuzatildi. Tajribada qatnashgan erkaklarning aksariyati chiroyli ayolning yoniga o`tirish istagini bildirgan. 

Olimlarning aytishicha, tajribani yuz foiz haqiqat deb qabul qilish noo`rin. Hayotda istisnoli holatlar ham uchrab turadi. Ko`pincha badavlat erkaklar o`z xotinlari bilan bir umr birga yashashlari ham mumkin. Aksariyat g`arb davlatlarida badavlat erkaklarning xotini bilan ajrashishi ularning moliyaviy ahvoliga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Shu bilan birga, mazkur kichik tajriba ayollar o`rtasida ko`p yillardan beri mashhur bo`lib ketgan “Erkaklar puli ko`paysa, yuradi” degan iborani asosladi, deyiladi xabarda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!