Kuyovnavkarga Double decker’da borish urfga kirdi (Video)

12:52, 25 may

Kuni kecha poytaxtimizdagi shov-shuvli to`y sababchisi bo`lgan Davron Kabulov o`zbek to`y an`analariga yana bir yangi urfni olib kirgan bo`lsa ajabmas.

Buni ijtimoiy tarmoqlarga joylangan yangi videoda guvoh bo`lish mumkin. Videoda Kabulovning kuyovnavkari bo`lmish san`atkorlarning ikki qavvatli Double decker avtobusida ketayotganini guvohi bo`lish mumkin.

Aktyor Alisher Uzoqovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan mazkur videoni sharhlar ekan aksariyat internet foydalanuvchilar, bu zo`r o`ylangan g`oya ekanligini ta`kidlagan.

Aytish joizki, mazkur avtobus 55 kishiga mo`ljallangan bo`lib, unda Toshkent bo`ylab ikki yarim soatli tur o`tkazish narxi kattalar uchun 35 ming so`mni tashkil qiladi. 

Ushbu yangilik kelajakda boshqa to`y o`tkazuvchilar uchun ham yangi an`anaga aylansa ham hayron bo`lmaymiz.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 06:15, 26 may
Тукликка шухлик,бу урфга кирмасдан туриб иссигида илдизи билан куритиш керак!