Dunyodagi eng keksa kishi ekanligi aytilayotgan o`zbekistonlik Huvaydo Umarova 121 yoshga to`ldi

14:34, 25 may

O`zbekiston va dunyoning eng keksa ayoli Huvaydo Umarova 121 yoshga to`ldi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

1895 yilda dunyoga kelgan onaxon Farg`ona viloyatining Buvayda tumanida istiqomat qiladi. Uning oilasi farzandlari, nabiralari, evaralari, chevaralari, jami 100 ga yaqin kishidan iborat.

Yoshlar Festivali—2016 ishtirokchilari yaqinda Huvaydo ayani ziyorat qildi. Ularning aytishicha (oralarida aktyor Alisher Uzoqov ham bo`lgan), onaxon ancha bardam bo`lib, hazil-huzul qilgan, qo`shiq kuylab bergan.

Ijtimoiy guruhlardan biri orqali Huvaydo Umarova haqida xabardor bo`lgan tarmoq foydalanuvchilari u kishini Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish uchun talabnoma berish niyatida. Oldinroq astraxanlik (Rossiya) 120 yoshli Tanzilya Bisembeeva dunyodagi eng keksa odam sifatida e`tirof etilgandi.

Bundan avval ham jahonning eng keksa insoni O`zbekistonda istiqomat qilgani (biroq xalqaro miqyosda rasman tan olinmagan) bildirilgandi: 1880 yili tug`ilgani ta`kidlangan To`ti Yusupova 2015 yil bahorida, 135 yoshida vafot etgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!