Bugun barcha maktablarda "so`nggi qo`ng`iroq" jarangladi

15:01, 25 may

Mamlakatimizdagi barcha umumta`lim maktablarida 25 may kuni  “Xayr, maktab! Salom, kollej!” mavzuidagi tadbirlar “Zamonaviy bilimlar bilan zamonaviy kasb-hunarga ega bo`lamiz” shiori ostida tashkil etildi.

2015/2016 o`quv yili ham ta`lim tizimida rang-barang voqealarga boy bo`ldi.  Bolalarga bilimlar bilan birga, Vatan kelajagi uchun mas`ullik, tinch va osoyishta, baxtiyor va farovon hayotni ko`z qorachig`idek asrab-avaylash, yaratilgan imkoniyatlarga munosiblik tuyg`usini singdirishga alohida e`tibor qaratildi.  

O`tkazilgan ko`plab tanlovlar jarayonida eng yaxshi maktab, eng yaxshi fan o`qituvchisi, ona tili va adabiyot, huquq, iqtisodiy bilimlar va boshqa ko`plab fanlar bo`yicha bilimdon va izlanuvchan o`g`il-qizlar aniqlandi. Sport musobaqalari bolalarning irodasini toblagan bo`lsa, ijodiy loyihalar, tanlov va festivallar jonajon O`zbekistonimizning iste`dodlarga naqadar boyligini namoyish etdi. 

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligidan olingan xabarga ko`ra, joriy o`quv yilida umumta`lim maktablarini 476 ming 616 o`quvchi tamomladi. Ular o`qitishning keyingi – o`rta maxsus, kasb-hunar tizimi bosqichiga to`liq qamrab olinadi.


 

RAVShAN SOBIROV BITIRUVChI O`G`LI UChUN “HAYR MAKTABIM”NI KUYLAB BERDI @MIRZOMUZAFFAR https://t.co/HgdlNkXCIh pic.twitter.com/3nwCbJvMIZ

— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!