BAAda 3D-printerda chop etilgan dunyodagi ilk ofis paydo bo`ldi

16:20, 25 may

Dubayda 3D-printerda chop etilgan dunyodagi birinchi ofis paydo bo`ldi. Mazkur loyiha qurilgan xuddi shunday binolarga nisbatan 50 foizga arzonroqqa tushdi. Bu haqda BAA hukumati rasmiylari ma`lum qilgan. 

Bino shahar markazida, Dubay xalqaro moliya markazining yaqinida joylashgan. Uni “Kelajak ofisi” deb nomlashdi. Unda vaqtincha Dubay kelajak jamg`armasi shtab-kvartirasi joylashgan. Bino aynan mana shu tashkilot tomonidan yaratilgan.

Bir qavatli binoning umumiy maydoni 250 kvadrat metrni tashkil etadi. Bino tomi mustahkam bo`lishi uchun uni aylanasimon shaklda ishlashdi. Bino xodimlar ishlashi uchun 100 foiz yaroqli: unga elektr va boshqa telekommunikasiya vositalari o`rnatilgan.

 


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!