Olimlar ayollar semirib ketmaslik uchun necha soat uxlashlari kerakligini aniqladi

16:23, 25 may

Ko`p uxlash ortiqcha vazn to`plashga sabab bo`ladi, deb o`ylasangiz, adashasiz. Uyqu paytida insonning semirib ketishi mantiqsiz ekanligi aytilmoqda. Hatto uzoq muddat davom etuvchi uyqu kishining semirib ketmiasligiga ham yordam berarmish. Bu haqda Vashington universiteti olimlari o`tkazgan tajribadan ma`lum bo`ldi. 

Olimlar mingdan ortiq egizaklar ustida tajriba o`tkazishdi. Ma`lum bo`lishicha, sutkasiga etti soat uxlaydigan kishilarning aksariyati ortiqcha vazn muammosidan aziyat chekadi. Sutkasiga 8-9 soat uxlaydiganlar esa risoladagidek qaddi-qomat sohiblari bo`lishar ekan.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!