Farg`onadagi xonadondan yong`inni o`chirish vaqtida uy egasining jasadi topildi

16:26, 25 may

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 142 ta yong`inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 3 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong`inlarda 579 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 670 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda

Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi fuqaro T.Olimovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 150 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. 

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi U.Raxmonovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 120 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda xovlisida turgan «Damas» rusumli avtomobili yonib zararlangan.

Farg`ona viloyati Farg`ona shahrida yashagan fuqaro F.Alimov uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 1 kv. metr maydonda ko`rpa-to`shagi yonib zararlangan. Yong`in o`chirish vaqtida uy egasini tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!