“Toshshahartransxizmat" yozda avtobuslarga kondisioner o`rnatilishi masalasiga oydinlik kiritdi

16:44, 25 may

Yozning jazirama kunlari oldidan “Toshshahartransxizmat” yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qanday chora-tadbirlar ishlab chiqqan? Avtobuslarga kondisionerlar o`rnatiladimi? Bu savollarga javob olish uchun “Uz24.uz” nashri kompaniya bilan bog`landi

“Toshshahartransxizmat” AK yaqinlashayotgan yoz mavsumida shahar jamoat transportiga kondisioner o`rnatishni rejalashtirmagan, deb xabar qilinadi nashrga yo`llangan xatda.

Kompaniya yaqin vaqt ichida kondisioner tizimiga ega avtobuslarni sotib olishni ham reja qilinmagan. Kompaniyaning eslatishicha, issiq havoga qarshi transport salonlarida darchalar yoki shift tuynuklaridan foydalanish mumkin. Ular qo`shimcha havo o`tkazadi va harakatlanish davomida ularni ochishga ruxsat etilgan.

O`tgan yili ham kompaniya avtobuslarga kondisioner o`rnatiladimi, degan savollarga qat`iyan rad javobini bergan edi. Bunga kondisioner tizimi o`rnatilgan transport vositalari va ularga texnik xizmat ko`rsatish narxi yuqoriligi sabab sifatida ko`rsatilgan edi.


 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!