Sevara Nazarxon qizi Imon Anvar bilan London ko`chalarini aylandi(Foto)

09:48, 26 may

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon oilasi bilan Buyuk Britaniyaga sayohat uyushtirdi. 

Xonanda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu haqda ma`lum qildi. 

“8 yil avval bizning birinchi farzandimiz—o`g`limiz tug`ilgan edi. U endi katta sayohatchi. Endi navbat uning singlisiga! U bizning safimizga qo`shilganidan bag`oyatda mamnunmiz! Sanoqli kunlardan keyin biz bir oylik bo`lamiz. O`zingga shukur!”,—deb yozdi xonanda.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!