Jonni Deppning rafiqasi ajrashish uchun sudga ariza berdi

11:23, 26 may

Gollivud aktyori Jonni Deppning rafiqasi, aktrisa Ember Xerd ajrashish uchun sudga murojaat qldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. 

Jonni va Ember 1 yildan ko`proq birga yashagan.

Jonnining rafiqasi Ember ajrashish uchun ariza yozishiga “hal qilib bo`lmaydigan kelishmovchiliklar” sabab bo`layotganini aytgan. 

Nashrning keltirishicha, aktyorlar 22 may kuni, Jonnining onasining o`limidan uch kun o`tib alohida-alohida yashashga qaror qilishgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, er-xotin o`rtasida nikoh shartnomasi tuzilmagan.

Depp va Xerd 2012 yilda tanishishgan. 2015 yilning 3 fevralida esa ular nikohdan o`tishgan. Nikohlash marosimi juftlikning Los-Anjelesdagi uylarida bo`lib o`tgan.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!