Ulug`bek Rahmatullaevning muxlisasi xonanda bilan uchrashmasa o`z joniga qasd qilish bilan tahdid qildi

11:42, 26 may

Tahririyatga qo`ng`iroq qilib, o`zini Dildora deya tanishtirgan muxlisa  xonanda Ulug`bek Rahmatullaevning telefon raqamini so`raydi. Tahririyat xodimlari san`atkorlarning shaxsiy ma`lumotlarini berolmasliklarini aytganida, u o`zini suvga tashlamoqchiligini aytadi, — deb yozadi “kun.uz” “diydoraziz.uz” nashriga asoslanib. 

Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev bilan bog`langan tahririyat xodimlari ushbu holat yuzasidan izoh so`raydi. 

Ulug`bek Rahmatullaev:  — Bunday holatlar juda ko`p bo`ladi, hozirda parvo ham qilmayman. Boshida nima qilishimni bilmay qolganman. To`g`ri, meni yaxshi ko`rishlari, ardoqlashlaridan minnatdorman. Lekin men bilan gaplashmasa, o`zini o`ldiradigan inson qanaqa bo`lishi mumkin?! Ota-onasini o`ylamaydimi, bunday insonlarga ishonmayman, qolaversa, bu gaplari yolg`on. Men hayotga real qaraydigan va o`zini, birovni hurmat qiladigan insonlarni yaxshi ko`raman hamda do`stlashaman. Muxlislarim ham ana shunday bo`lishini istayman.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!