Ozodbek Nazarbekov Lutfiy g`azallariga kuylangan yangi albomni taqdim etadi

11:47, 26 may

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Lutfiy g`azallariga kuylangan taronalari jamlangan “Buyuklar bisotidan” diskini muxlislariga taqdim etish arafasida.

Disk iyun oyida “Ohang media” kompaniyasi tomonidan sotuvga chiqariladi. Yangi albomdan 8 ta tarona joy olgan. 

Bundan tashqari Ozodbek Nazarbekovning Lutfiy g`azallari kuylangan maxsus ko`rsatuv ham “Yoshlar” kanali orqali iyun oyida namoyish etilishi ko`zda tutilgan.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!