27 may kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

12:12, 26 may

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 30-32 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25,  kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent,  Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi. 

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, ayrim tumanlarda momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!