83 yoshli ayol bolaligida undan yuz o`girgan onasini izlab topdi

12:19, 26 may

AQShda 1933 yilda farzandidan voz kechgan ayol 80 yil o`tib, u bilan uchrashdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

83 yoshli Dorienn Xammann 99 yoshli Eylin Vagnerga qo`ng`iroq qilib, “Salom, ona!” dedi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Viskonsin shtatida yashovchi ayol 16 yoshida zo`ravonlik oqibatida homilador bo`lib qolgan. Vagner qiz farzandni dunyoga keltrib, uni befarzand oilalardan biriga beradi.

Ona va qizning uchrashishini Xammanning kelini tashkillashtirdi. U qaynonasining asrab olinishi bo`yicha hujjatlarni chuqur o`rganib chiqdi va internetdan Vagnerning telefon raqamini topdi.

Vagner va Xammann telefon orqali bir necha marta suhbat qurishdi. 2016 yilning aprel oyida esa ular ilk marotaba uchrashishdi.

Xammanning onasi uning tug`ilishini quyidagicha izohladi: “O`sha yillarda oila qurmagan qizning farzandli bo`lishi misli ko`rilmagan darajadagi sharmandalik edi”.

“Haligacha ishonolmayman. Men 83 yoshdaman va shu yoshimda onam ham hayot. Mana shu fikrning o`zidanoq vujudim junbushga keladi”,—deydi Xammann.  

Vagner hech qachon eri va farzandlariga o`tmishi haqida so`zlamagan. Uning turmush o`rtog`i 2006 yilda vafot etgan. Dorienning qo`ng`irog`idan so`ng u boshqa farzandlariga o`tmishi haqida gapirib bergan.

“Men endi uni hech qachon ko`rmasam kerak, deb o`ylardim”,—deydi ayol qizi bilan uchrashuvni izohlar ekan. 

Eylin qizi Dorienni 30 mayda bo`lib o`tadigan 100 yoshlik yubileyiga taklif qildi. Dorien bayramga turmush o`rtog`i, o`g`li, kelini va nabiralari bilan keladi.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!