O`rtaer dengizida halokatga uchragan A320 layneri radiomayog`ining signali ushlandi

12:29, 26 may

O`rtaer dengizida EgyptAir kompaniyasiga qarashli halokatga uchragan A320 laynerining avariya radiomayog`i signali ushlandi

Misr tergov komissiyasi rahbari Ayman al-Muqaddam mayoqning joyini aniqlashga muvaffaq bo`lingani haqida ma`lum qildi.

Ushbu mayoq samolyot halokatga uchraganda sputnikka signallar yuboradi.

Eslatib o`tamiz, EgyptAir aviakompaniyasiga qarashli Parijdan Qohiraga uchayotgan A320 samolyoti radar ekranlaridan joriy yilning 19 may kuni yo`qoldi. Uning bo`laklari O`rtaer dengizida Karpatos grek oroli yaqinidan topildi. Halokat oqibatida 66 kishi halok bo`lgan.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!