Hindistonlik 1 daqiqada 79 kishini quchoqlab, rekord o`rnatdi

12:40, 26 may

Hindistonning Andxra-Pradesh shahrida yashovchi fuqaro bir daqiqa ichida 79 kishini quchoqlab, dunyo rekordini o`rnatdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Krishna Kumar dunyo miqyosidagi rekordni o`rnatishi uchun mahalliy maktabning 88 nafar o`quvchisi unga ko`maklashdi. Krishna 60 soniya ichida 83 kishini quchoqlashga muvaffaq bo`ldi. ammo Ginnesning rekordlar kitobi vakillari 79 kishini hisobga oldi. Ular bunday qarorga kelishini qolgan 4 kishi unchalik yaxshi quchoqlanmagani bilan izohlashdi. Quchoqlashishlar ikki insonning yaqin turishi va ikkala qo`lning birvarakayiga qamrab olinishi bilan tasniflandi.  

Mana shunga o`xshash bundan oldingi rekord 2014 yilda Avstraliyada qayd etilgan edi. Kerri Bikmor ismli teleboshlovchi 60 soniya ichida mahalliy bolalar shifoxonasining 77 nafar bemorini quchoqlagan edi.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!