Yigitali Mamajonov: “San`atkorlar bilan yaqinman, ammo ular orasida do`stim yo`q”

15:28, 26 may

Aktyor Yigitali Mamajonovni ko`pchilik “Ummon” guruhining “Yo`q” klipi orqali yaxshi biladi. Aslida aktyorning tanilishiga rejissyor Hotam Fayzievning “Yozsiz yil” filmi sabab bo`lgan. 

“Tasvir” gazetasi Yigitali Mamajonov bilan suhbat uyushtirib, aktyorning ayni paytdagi o`y-xayollari, bolalik xotiralari va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

Aktyorning hamkasblari haqidagi fikri e`tiborimizni tortdi. “Barcha san`atkorlar bilan munosabatim yaxshi. Ularning hech qaysisiga xasad qilmayman, orqasidan g`iybat ham qilmayman. Hech biriga nisbatan qalbimda gina, alamzadalik yo`q. Ammo, ularning hech qaysisi bilan oilaviy bordi-keldi qilmayman. San`atkorlar orasida yaqinim va ishongan do`stim yo`q”,—dedi Yigitali  hamkasblari bilan munosabatlari haqida gapirar ekan.

Shuningdek, aktyor Rayhon bilan yarashgani to`g`risidagi mish-mishlarni izohlar ekan, bu gaplarning barchasi yolg`on ekanligini ta`kidlab o`tdi. 

Ma`lumot uchun, avvalroq aktyor rafiqasi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva bilan nikohi rasman bekor qilinganini aytgan edi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!