“Oyqiz ertagi” Gollivudning “Fors shahzodasi” filmidan o`g`irlanganmi?

15:44, 26 may

“O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Oyqiz ertagi” kartinasi katta ekran yuzini ko`rgach, film atrofida turli gap-so`zlar paydo bo`ldi. Hatto, ba`zilar hali filmni tomosha qilishga ulgurmay turib, uning g`oyasi “Fors shahzodasi”(Prins Persii) filmidan  o`g`irlanganini ham ta`kidladi. 

“Bekajon” gazetasi mana shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida film rejissyori Akbar Bekturdiev bilan bog`landi.

Filmning g`oyasi o`g`irlangani xususida rejissyor shunday deydi:

“Men bu fikrga umuman qo`shilmayman. Voqealar boshqa, qolaversa ushbu filmda milliy an`analarimiz ustun. Fafqat birgina bosh qaharamonning binolar ustida sakrashini o`xshaydi, deyishmasa, bu faqatgina “Fors shahzodasi” filmida emas, boshqa ko`plab kartinalarda ham bor. Tomoshabin tanqid qilishdan oldin syujetlarni yaxshilab ajratib olsin, chalkashtirib yubormasin”.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!