Dilfuza Ismoilova Shohruhxon va Asalning to`yiga birinchilardan bo`lib taklif qilindi(Foto)

22:49, 26 may

Xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodieva shu paytgacha o`z munosabatlarini sir tutishga urinib keldi. Ular bir-birini sevishlarini biron marta ochiq-oshkora aytmaganliklarida ham qandaydir hikmat bordir, balki?

 

Dastlab ularning “Love Story”  uchun fotosessiya o`tkazgani hammaga ma`lum bo`ldi. Keyinroq esa ularning to`yi sanasidan ham boxabar bo`ldik. Biroq, shunday bo`lsa ham xonanda hanuzgacha Asalga uylanayotganini oshkor etmayotgan edi. Mana endi, hammasi kunday ravshan bo`ldi. Bugun xonanda Dilfuza Ismoilova uzoq kutilgan yulduzli to`yga taklif etilganini bildirib, ikki yoshga baxt tiladi. Demak, Shohruhxon va Asal 5 iyun kuni munosabatlarini rasmiylashtiradi. Shou-biznes olamida esa yana bir yulduzli oila vujudga keladi.

Tahririyatimiz nomidan ikki yoshga baxt tilab qolamiz!


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!