2016/2017 o`quv yilida 57907 nafar abiturient talabalikka qabul qilinadi

09:57, 27 may

2016/2017 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarida talab etiladigan ixtisosliklar bo`yicha yuqori malakali kadrlarni sifatli tayyorlashni ta`minlash, oliy ta`lim muassasalariga qabul qilishda ish beruvchilarning oliy ma`lumotli mutaxassislarga bo`lgan talab-ehtiyojlarini, shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy o`zgartirishlarning maqsadli o`rta muddatli dasturlarini amalga oshirish, tarmoqlarni modernizasiyalash, texnik qayta jihozlash va diversifikasiyalashni, mamlakat mintaqalarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda o`zaro bog`liqligi va mutanosibligini kuchaytirish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarining oliy ma`lumotli mutaxassislar bilan amalda ta`minlanganligini ekspertizadan o`tkazib baholash natijalariga ko`ra bakalavriat tayyorlashning 18 ta yangi mutaxassisligi joriy etilishini nazarda tutuvchi oliy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari ro`yxatiga tegishli o`zgartirishlar kiritildi. 

Oliy o`quv yurtlarining aniq yo`nalishlar va mutaxassisliklar bo`yicha bitiruvchilariga nisbatan istiqbolga mo`ljallangan talab-ehtiyojga, shuningdek, bitiruvchilarning tanlangan mutaxassislik bo`yicha ishga joylashuvi monitoringi asosida 2016/2017 o`quv yilida oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi. 

2016/2017 o`quv yilida 57907 nafar bakalavr, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 19120 va to`lov-kontrakt asosida – 38787 nafar qabul qilinadi.

Shuningdek, 2016/2017 o`quv yilida 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 1548 va to`lov-kontrakt asosida – 3452 nafar talaba o`qishga qabul qilinadi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qo`ng`irot bo`limi)ning maxsus sirtqi bo`limida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari bo`yicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo`limida – 50 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 15 nafar va to`lov-kontrakt asosida – 35 nafar qabul qilish umumiy kvotalar belgilandi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!