Joze Mourino “MYu” bosh murabbiyiga aylandi

10:09, 27 may

Portugaliyalik futbol mutaxassisi Joze Mourino “Manchester Yunayted” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, “qizil iblislar” ijrochi direktori Ed Vudvord 53 yoshli murabbiy bilan uchrashdi va tomonlar 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. 

Eslatib o`tamiz, 23 may kuni mankunianlar rahbariyati gollandiyalik mutaxassis Lui van Galni bosh murabbiy lavozimidan ozod etgandi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!