Suriyadagi urushda qurbon bo`lganlar soni 280 mingdan ortdi

10:45, 27 may

Suriyadagi mojarolar boshlanganiga besh yil to`lgan bo`lsa, bu vaqt ichida 280 ming kishi qurbon bo`ldi. Suriya inson huquqlari bo`yicha observatoriyasi tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarni Le Figaro nashri taqdim etdi.

Qurbon bo`lganlarning aniq soni 282 283 kishi, ularning 81,5 ming nafari oddiy fuqarolar, shundan 14 ming nafari bolalar. Hujjatga ko`ra, shu vaqt ichida 48,5 ming jangari o`ldirilgan. Suriya armiyasi, huquqt tartibot xodimlari 100 mingdan ortiq odamni yo`qotgan.

Suriyadagi mojarolar prezident Bashar Asadning iste`foga chiqishi talab qilinishi oqibatida 2011 yilda boshlangan. Ushbu mojarolar fuqarolar urushiga aylanib ketdi, buning oqibatida esa terrorchilik tashkilotlari ham mamlakatning bir qismini egallab, kuch yig`ib oldi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!