Ronalduning o`g`li otasini hayron qoldirdi

12:07, 27 may

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning 5 yoshli o`g`li unga jamoadoshi Garet Beyldan sekinroq yugurishini aytdi.

“O`g`lim bo`lishini har doim xohlaganman. U meni yaxshi tomonga o`zgartirdi. Bir kun u menga Beyl mendan tezroq yugurishini aytdi. Men esa unga “Nimalar deyapsan, sening otangdan tezroq yuguradigani yo`q” dedim. Boshqa safar esa u Messi o`z intervyusida mening o`ng oyog`im singari o`ynay olish istagini aytganini gapirib berdi. Keyinroq bilsam, unga bu narsalarni maktabda aytishgan ekan. Bunday hikoyalar meni quvontiradi, axir u hali juda yosh”, – dedi 31 yoshli hujumchi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!