Ozodbek Nazarbekov yangi loyiha ustida ish boshladi

12:37, 27 may

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov yangi loyiha ustida ish boshlagan. Avvalroq "Buyuklar bisotidan" ruknidagi yana bir yangi albomdan joy oluvchi Mavlono Lutfiy g`azallari ila kuylanayotgan qo`shiqlar ustida ish boshlangani haqida xabar bergandik. 

Qo`shiqlar tayyor bo`lgach ijodiy jamoa "Yoshlar" teleradiokanali xodimlari bilan birga yangi dasturni tasvirga olish maqsadida Toshkentdan jo`nab ketishadi. 

Lutfiyxonlik 2 iyun kuni yurtimizning qay go`shasida tasvirga tushirilishi to`g`risidagi taxminlarigizni yozib qoldiring. To`g`ri javobni birinchi bo`lib qoldirgan muxlis yaqin kunlarda tayyor bo`luvchi "Buyuklar bisotidan: Lutfiy" audio CD albomini qo`lga kiritadi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!