“Barselona” faxriy futbolchisiga o`rinbosar topdi

15:34, 27 may

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Arsenal” jamoasining iqtiqbolli himoyachisi Ektor Belerinni sotib olish istagini bildirdi

Daily Mail nashrining xabar berishicha, ispaniyalik yosh iqtidor egasi “Yuventus”ga ketishi kutilayotgan, kataloniyaliklarning 33 yoshli faxriysi Dani Alves o`rinbosar sifatida ko`rilmoqda. 

Ta`kidlash kerakki, 21 yoshli himoyachi “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

Eslatib o`tamiz, Belerin 2013 yilda “Arsenal” safiga kelib qo`shilgan O`sha yilgi mavsumda u  “Uotford” klubida ijara asosida o`ynagan. Shundan so`ng himoyachi “to`pchilar”ning asosiy tarkibidan joy oldi.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!