Mobil telefonlar va saraton kasalligi o`rtasidagi bog`liqlik o`rganildi

16:31, 27 may

Olimlar tomonidan uzoq yillardan beri o`tkazilayotgan tajriba natijalari e`lon qilindi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Tajriba natijalari mobil telefonlardan uzoq muddat foydalanish saratonga chalinish xavfini oshirishini ko`rsatdi. Olimlar bundan avval xuddi mana shu bog`liqlikni isbotlay olishmagandi.

AQShdagi milliy toksikologiya dasturi tadqiqotchilari kalamushlarga radionurlanishning ta`sirini o`rganishdi. 

“Butun dunyoda turli yoshdagi kishilar o`rtasida mobil aloqa vositalarining, shu bilan birga radionurlanishning kengayishi inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug`dirishi mumkin”,—deyiladi tadqiqotchilarning xulosalarida.

Uzoq muddat davomida radionurlanish ta`sirida saqlangan kalamushlarning miyasida o`simta paydo bo`lgani mobil telefonlarning inson salomatligiga naqadar katta xavf tug`dirishini isbotlaydi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!