Semirishga olib keladigan 12 ta odat va ko`nikmalar

13:10, 28 may

Ortiqcha vazndan qutulish uchun nafaqat ishtahani cheklash, balki ba`zi odat va ko`nikmalardan voz kechish zarurligi aniqlandi. Ularni shartli ravishda «semirtiruvchi» odatlar deb nomlab, vazn ortishiga qanday ta`sir qilishini o`rganib chiqsak.

1.  Taomlarni juda tez tanovvul qilish

Taomlarni tez tanovvul qilish zamonaviy jamiyatdagi tezkor hayotda yashayotgan ko`pchilikning muammosidir. Shuni yodda tutish lozimki, biz ovqatlanishni boshlagan vaqtdan 20 daqiqa o`tmasdan turib, miyaga oshqozonning to`yganligi haqida signal etib bormaydi. Shuning uchun tez ovqatlanish to`yganligimizni anglab etgunimizga qadar juda ko`p eb qo`yishimizga sabab bo`ladi.

2.  Televizor tomosha qilish odati

Ilmiy tadqiqotlar televizorni kuniga ikki soatdan kam ko`rmaydigan kishilar unga yarim soatdan ko`p vaqt ajratmaydiganlarga qaraganda semirishga ko`proq moyil ekanligini ko`rsatadi. Gap shundaki, televizor tomosha qilish mobaynida biz deyarli harakat qilmaymiz. Buning ustiga turli-tuman dasturlarni tomosha qila turib, turli taomlarni ham iste`mol qilishga odat qilganmiz.

3.  Doim nimadir eb turish odati

Aksariyat kishilar, o`zlari buni sezmagan holda avtomobil rulida, kompyuterda ishlash, do`kondagi xarid va hatto telefon orqali suhbat chog`ida ham nimadir eb turish odatiga ega bo`ladi. Bunday engil tamaddi yoki kichik shirinliklar ham vaqt o`tishi bilan ortiqcha kilogrammlarni keltirib chiqaradi.

4.  Fast-fudlarni iste`mol qilish

Fast-fudlarni iste`mol qilish ovqatlanish sifatiga ta`sir ko`rsatadi. Chunki «sog`lom bo`lmagan taom» foydali oziq-ovqat mahsulotlari o`rnini egallay boshlaydi.

5.  Muammo va stresslarni ovqat bilan engish

Olimlarning fikricha, taomni keragidan ortiq iste`mol qilishning 75 foizi aynan kishining ruhiy holati bilan bog`liqdir. Biror narsadan tashvishlanib yoki yolg`izlikni his etmaslik uchun kishi o`ziga hisob bermagan holda, ochlikni umuman his qilmagan hollarda ham biror narsa chaynashni boshlaydi. Ba`zilar esa nima qilishni bilmasdan, ya`ni zerikkanidan ham nimadir eyishga kirishadi.

6.  To`yib uxlamaslik

Ilmiy nuqtai nazardan uyquning etishmasligi ishtahani uyg`otuvchi garmon ishlab chiqarilishini oshiradi. Ushbu vaziyatni raqamlarda olib qarasak, uyqu vaqtining bir soatga kamaytirilishi tanadagi yog` miqdorini 3 foizga ko`paytiradi.

7.  Sport bilan shug`ullanishga vaqt etmasligi

8.  Boshqalar bilan tenglashish odati

Vazn ortishi kishining muloqot doirasi bilan ham bog`liq bo`lishi mumkin. Biz ko`pincha atrofimizda semiz odamlarni ko`rib (turmush o`rtog`imiz, do`stimiz) ortiqcha vaznni normal holat sifatida qabul qila boshlaymiz (Bu holat ong ostida ro`y beradi). Tadqiqotlar 30 yoshdan keyin semiz qarindoshlar va do`stlar qurshovida bo`lgan odamning ortiqcha kilogrammlarni to`plash xavfi 37-57 foizga ortishini ko`rsatdi.

9.  Mahsulotlarning yog`lilik va kaloriya darajasi haqida bosh qotirmaslik

10.  O`z vaznini nazorat qilmaslik

11.  Noqulay kiyim kiyish odati

Qulay kiyim ko`proq harakat qilish imkonini berishini mantiqan ham tushunish mumkin. Harakatlanishi noqulay kostyum yoki tor yubkalar bilan cheklab qo`yilmagan kishilar ko`proq harakatda bo`ladi va demak, ko`proq kaloriya ham sarflaydi.

12.  Plastik kartochkalardan foydalanish 

Restoranlarga kelib tushgan 100 ming buyurtmani tahlil qilib chiqish natijasida taom uchun plastik kartadan haq to`laganlar buning uchun naqd puldan foydalanganlarga qaraganda, 30 foizga ko`proq mablag` sarflaganligi aniqlandi. Mana shunaqa qiziqarli kuzatuv natijalari…

Manba: ayol.uz


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!