Facebook foydalanuvchisining jumbog`i internetni larzaga keltirdi

13:33, 28 may

Facebook foydalanuvchisi Antli Steyten o`z sahifasida e`lon qilgan topshiriq boshqa foydalanuvchilarni o`ylantirib qo`ydi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Suratda Steyten ikki qo`lida ikkita varaqni ushlab turibdi. Ulardan birida “Agar xatoni topgan bo`lsang, bo`lish” deb yozilgan. Ikkinchisida esa 1 dan 9 gacha bo`lgan raqamlar yozib chiqilgan.

Mazkur postni 300 mingdan ortiq kishi o`z sahifasi orqali bo`lishgan.

Izohlar qoldirayotgan foydalanuvchilar esa topshiriqning oddiy va soddaligidan hayratlanishmoqda. Ma`lum bo`lishicha, xatolik biinchi varaqda ekan. Ya`ni undagi “xato” ya`ni «mistake» so`zi «mitsake» deya xato yozilgan.

Aksariyat internet foydalanuvchilari esa raqamlar orasidan qandaydir xatolik topishga uringanini bildirmoqda.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!