Iker Kasilyas EChL finalida favorit yo`q ekanini aytdi

13:47, 28 may

Madridning “Real” jamoasi sobiq posboni, ayni damda “Portu” darvozaboni Iker Kasilyas “Real” va “Atletiko” o`rtasidagi EChL finali oldidan o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi

“Evropa Chempionlar ligasi finalida favorit yo`q. Nufuzli turnirda g`olib nomini oldindan aytish juda qiyin bo`ladi. G`alaba turli omillarga bog`liq. Natija esa kutilmagan bo`lishini mumkin”, – dedi Kasilyas. 

“Real” va “Atletiko” o`rtasidagi EChL finali bugun, Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!