Qashqadaryolik fuqaro qo`shnisining 10 ta echkisini o`g`irlab ketdi

10:42, 30 may

Qashqadaryo viloyati Koson tumani IIBga Ho`jaquduq qishlog`ida yashovchi fuqaroning uyi oldidan o`n bosh echkilarini o`g`irlab ketilganligi haqida xabar kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo`lgan kishilari bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni mahalliy aholiga mansub 21 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlandi. 

G`araz niyatli shaxslar qo`lga olindi. Hozirda ularning boshqa mulkiy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!