Asal Shodieva Shohruhxonni sevishini tan oldi

11:19, 30 may

Xonanda Shohruhxon 29 may, yakshanba kuni tug`ilgan kunini nishonladi. Xonandaning hamkasblari, do`stlari va yaqinlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Shohruhxonni tavallud ayyomi bilan tabriklashdi. Xususan, xonandaning bo`lajak rafiqasi,aktrisa Asal Shodieva ham o`zining Instagram`dagi sahifasi orqali chiroyli tabrik yozib qoldirdi.

“Happy birthday,Darling!”,—deb yozdi Asal va unga yurakcha belgisini ham qo`shib qo`ydi. 

Aktrisaning tabrigiga izoh qoldirayotgan internet foydalanuvchilari Asal va Shohruhxonning to`ylari bo`lishi rostligi bilan qiziqqan. Ularning ko`pchiligi ikki yoshga baxt tilagan.  Eslatib o`tamiz, Shohruhxon va Asal Shodievaning to`ylari 5 iyun kuni "Versal" restoranida bo`lib o`tishi rejalashtirilmoqda. To`yga o`tgan haftada taklifnomalar tarqatila boshlandi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!