AQShda prezidentlikka birinchi rasmiy nomzodning nomi aniq bo`ldi

11:21, 30 may

Nyu-Meksiko shtati Gubernatori Geri Jonson AQSh prezidentligiga ilk rasmiy nomzod bo`ldi. Associated Press xabar berishicha, Libertarian partiyasi uning nomzodini tasdiqladi.

Jonsonning nomzodi partiya s`ezdida Orlandoda Florida shtatida tasdiqlandi. Ovoz berish jarayonida u ikki nafar raqibi: The Libertarian Republic jurnali asoschisi Ostin Petersen va kompyuter antiviruslari ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi Jon Makafini ortda qoldirdi.

O`zining saylovoldi kampaniyasini taqdim etar ekan Jonson AQShning harbiy faolligini qisqartirish lozimligi, sababi u Amerikaning xavfsizlik darajasini tushirayotganini ilgari surgan. Bundan tashqari, u soliqlarni tushirish, byudjet harajatlarini esa qisqartirishni yoqlab chiqqan.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!