Portugaliya Ronaldusiz yirik g`alabaga erishdi

11:25, 30 may

Evro–2016 musobaqasiga tayyorgarlik jarayoni doirasida Portugaliya terma jamoasi Norvegiya termasiga qarshi bahs olib bordi. Mazkur o`yinda 3:0 hisobi qayd etilib, portugaliyaliklarning g`alabasi bilan yakunlandi.
 

O`yinning 13-daqiqasida Kuarejma hisobni ochdi. 65-daqiqaga kelib Gerreyru raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. Oradan besh daqiqa o`tgach Eder hisobni yirik 3:0 ko`rinishga olib kelib, yakuniy natijani o`rnatdi.

Shu tariqa, Portugaliya o`rtoqlik uchrashuvida Ronalduning ishtirokisiz Norvegiyani yirik hisobda mag`lub etdi.

Portugaliya – Norvegiya 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 13 Kuarejma, 2:0 – 65 Gerreyru, 3:0 – 70 Eder.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!