Amerikaliklar qutqarilgan bolaning ota-onasini o`ldirilgan gorilla uchun jazolashni talab qilmoqda

11:37, 30 may

AQShning Ogayo shtati Sinsinnati shahridagi hayvonot bog`ida yuz bergan hodisa keng jamoatchilik e`tiborini tortdi, deb yozadi “Vesti”.

Gap shundaki, hayvonot bog`ida yashovchi Xarambe laqabli gorilla saqlanayotgan maydonga 3 yoshli bola kirib qolgan. Bolakay gorillaning yonida 10 daqiqacha vaqt qolib ketgan. Biroq unga gorilla tomondan tan jarohati etkazilmagan. Shunday bo`lsa ham hayvonot bog`i ishchilari bolani qutqarish uchun gorillani otib tashlashga majbur bo`lishgan. 

6 ming nafardan ortiq amerikaliklar bolaning ota-onasini jazolashni talab qilib, petisiya imzolagan.  

Petisiyada gorillaning bolasiga beparvolik qilgan ota-onaning aybi bilan halok bo`lgani aytilgan. “Bu ota-ona bolasini qarovsiz qoldirgani uchun jazoga tortilishi kerak”,—deyiladi “Xarambe uchun adolat” deb nomlangan petisiyada. 

Hayvonot bog`i direktorining aytishicha, gorilla bolani sudray boshlagan. Shuning uchun ular qiyin, biroq bolaning hayotini saqlab qolgan mazkur qarorni qabul qilishga majbur bo`lgan.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!