Ozoda Saidzoda: Men haqimdagi asossiz gap-so`zlar televidenie va radioga ham etib bordi

11:55, 30 may

Xonanda Ozoda Saidzoda ijtimoiy tarmoqlarga lisenziya guvohnomasi suratini joylab, “Asossiz gaplarni tarqatavermanglar”, qabilida xabar qoldirdi. “Daryo” nashri qanday asossiz gaplar haqida so`z borayotganini bilish maqsadida xonanda bilan bog`landi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizga «Asosiz gap tarqatavermanglar» deb yozib, amal qilish muddati 2017 yil mart oyigacha bo`lgan lisenziyangiz suratini joylashtiribsiz. Bunga nima sabab bo`ldi?

— So`nggi vaqtlarda «Ozodaning lisenziyasi yo`q», degan asossiz, uydirma gaplarni qasddan tarqatishmoqda. Bu gap-so`zlar katta-katta tashkilotlarga, xususan, televidenie, radioga etib borgani, boz ustiga, muxlislar ham mendan bu masalada javob kutayotgani uchun lisenziyam suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimga joyladim.

— Lisenziya guvohnomangizda O`zbekistonda va undan tashqarida konsert berishingiz mumkinligi qayd etilgan. Yaqin vaqt ichida, masalan, «Istiqlol» san`at saroyida konsert berishingiz mumkinmi?

— Bunga harakatimiz bor. «Istiqlol» da konsert berishimiz uchun kun topib berishsa, albatta konsert beramiz. Hozir xonandalarning ko`pligidan, ushbu saroyning bo`sh kuni yo`q.

— Avvalgi intervyularingizning birida «E`tirof et» nomli albomni tugallash arafasidamiz, degan edingiz.

— Aslida albom yozib tugatilgan, faqat texnik ishlari oxirigacha yakunlanmaganligi sabab muxlislar e`tiboriga havola qilmay turgan edik. Biroq albomning qoralama varianti tarqab ketdi. Tez kunlarda albomning asl nusxasini muxlislarimizga taqdim etamiz.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!