“Nurafshon” bog`ida “Barcha shodlik senga bo`lsin bolajon” tadbiri o`tkazildi

12:17, 30 may

1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Olmazor tumanidagi “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog`ida Facebook ijtimoiy tarmog`ining Maslahat.uz guruhi a`zolari tomonidan uyushtirilgan hayriya tadbiri bo`lib o`tdi.

 

Tadbir davomida yuzga yaqin bolaga “Nurafshon” bog` ma`muriyati tomonidan attraksionlaridan foydalanish uchun maxsus taklifnoma, xususiy tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan rang-barang sovg`alar in`om etildi. 

 

Bolalarga taqdim etilgan sovg`alar, bayram arafasida ularning shodligiga quvonch ulashdi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!