Ruhiy test: Tasavvur olamingiz qanchalik boy?

13:34, 30 may

Ayrimlar xayollarga berilib, xayolot olamida uchib yurishni yaxshi ko`radi. Ba`zilar esa barcha ishini ma`lum tartib va qoidalar asosida aniq bajarishni istaydi. Yana bir toifa borki, tasavvur olamiga tayanib ish ko`radi. Xo`sh, siz qaysi toifaga mansubsiz? Testimizni ishlab, o`zingizga baho bering. 

1.  Bo`sh vaqtingizda nima bilan shug`ullanasiz?
A. «Odatdagi ishlar bilan» — 0 ball.
B. «Har safar har xil mashg`ulot bilan» — 2 ball.
V. «O`z ustimda ishlayman» — 1 ball. 

2. Suv sathiga boqqaningizda, nimani ko`rasiz?
A. «Faqat suvni » — 0 ball. 
B. «Dengiz ostida yashovchi mavjudotlar va chiroyli toshlarni » — 2 ball. 
V. «Osmonning suvdagi aksini» — 1 ball. 

3. Sizning esingizda yaxshi qoladi...
A. «Kishilarning o`zini tutishi, hatti-harakatlari» — 2 ball. 
B. «Yuz qiyofasi va binolalar» — 1 ball.
V. «Yangiliklar» — 0 ball. 

4. Yangi texnika vositasidan foydalanmoqchi bo`lganingizda... 
A. «Qo`llanmasini o`rganib chiqaman» — 0 ball.
B. «Shu ishnnig ustalari bilan gaplashaman» — 1 ball. 
V. «O`z bilganimcha foydalanman» — 2 ball. 

5. Kutilmaganda yomg`ir yog`ib qoldi, siz esa ko`chadasiz?
A. «Kiyimlarim shaloobo bo`lib qolishidan xavotirlanib, uyga chopaman» — 0 ball. 
B. «Zavqli-ku axir bu!» — 2 ball. 
V. «Biror pana joy topib, uni maroq bilan tomosha qilaman» — 1 ball. 

6. Qiz qaysi tamoyilga asosan kiyinasiz? 
A. «Bejirim va tartibli kiyinishni xush ko`raman» — 0 ball. 
B. «Kayfiyatimga bog`liq bu» — 1 ball. 
V. «Zamonaviy ko`rinishni istayman va albatta boshqalardan ajralib turishim shart» — 2 ball. 

7. Biror topshiriqni bajarayotganda...
A. «Mas`uliyatni unutmayman» — 0 ball.
B. «O`zimga qulay usulda ish ko`raman» — 1 ball. 
V. «Ishga yangicha yo`sinda yondoshaman» — 2 ball. 

8. Hayotingiz haqida gapiring deyishsa, siz... 
A. «Hammasini batafsil aytib beraman» — 0 ball. 
B. «Faqat eng qiziqarli voqealarni tilga olaman» — 1 ball.
V. «Kelajakda  kutilayotgan eng yorqin va baxtli onlar haqida gapiraman» — 2 ball. 

9. Biror yangi shirinlik tayyolashni ixtiyor etsangiz ...
A. «Reseptiga binonan pishiraman» — 0 ball. 
B. «Tajribali tanishlarimdan maslahat so`rayman» — 1 ball.
V. «O`zimning istaklarimdan kelib chiqib istagancha yangilik qilaman» — 2 ball.

10. Yaqiningizga sovg`a tanlayotganda...
A. «Ko`chpincha ro`zg`orda asqotadigan narsalarni olaman» — 0 ball. 
B. «Antiqa buyumlar, suvenerlarni ma`qul ko`raman» — 1 ball.
V. «O`zim nimadir yasayman» — 2 ball.

Javoblar
15 dan 20 ballgacha:
siz judayam tasavvur olami boy insonsiz. Ichki dunyongiz ham boy. O`zingizga ishonchingiz baland. Doim kutilmagan yangiliklar bilan hammani qoyil qoldirasiz. Hayotingizda biror noxushlik yuz bersa ham, undan chiqib ketishingiz oson. Hech bir ish, narsaga shunchaki qaramaysiz, o`ziga xos tomonlarini ko`ra olasiz. Shuning uchun ishlaringiz hamisha besh va doim atrofdagilarning e`tibor-u e`tirofidasiz.  

7 ball 14 ballgacha. Sizni ajoyib xayolparast deyish mumkin. Qiziquvchansiz. Ammo ko`p vaqtingizni behuda o`ylarga sarflaysiz. Xayolingizdagilarni amalga oshirishga ko`p ham harakat qilmaysiz. Biror hodisa yuz bersa, tahlil qilaverasiz-qilaverasiz, natijada echimni topishni unutib qo`yasiz. Bu sizning rivojlanishingizga ta`sir qiladi. Tasavvurlaringizni xayolga aylanib qolmasin, ularni amalga oshirish sari qadam tashlashga cho`chimang.

7 balldan past to`plagan bo`lsangiz, juda aniq haraktalar bilan harakatlanuvchi tajribali kishisiz. Hammasini aql bilan hal qilishga urinasiz, bu yaxshi, ammo imkoniyatlaringizni chegaralab tashlamayapsizmi? Ichki ovozingizga quloq soling. Yangi ishlarga qo`l urishdan o`zingizni olib qochmang.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!