Buyuk Britaniyadagi XIX asr kiyimlari do`konida arvoh paydo bo`ldi(Video)

14:43, 30 may

Buyuk Britaniyaning Nottingem shahridagi Steyshen-strit ko`chasida joylashgan XIX asrga oid liboslar do`konida arvoh paydo bo`ldi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Kuzatuv kameralari yarim shaffof ko`rinishdagi erkakni tasvirga tushirdi. Do`kon egalari bu do`konning sobiq egasi janob Xopkinsning arvohi bo`lishi mumkinligini ta`kidlamoqda. 

1880 yilda janob Xopkinsning oilasi Steyshen-stritda joylashgan o`z uylarida taqinchoqlar do`konini ochishgan edi. Hozirda bu uyda eski kiyimlar do`koni joylashgan. Do`konning omborxonasi esa turli xil antikvariat buyumlar bilan to`lib toshgan. Quyidagi videorolikda do`konning savdo zalida aylanib yurgan g`ayrioddiy figurani ko`rish mumkin.

Do`konning bosh direktori Izza Uotkinsning aytishicha, u birinchi qavatda o`zini juda g`alati his etgan. 

“Har doim orqamdan kimdir kuzatayotganga o`xshardi. Shundan so`ng men kuzatuv kameralarini tekshirib ko`rishga qaror qildim. Tasvirlarni ko`rgach esa, hayratdan yoqa ushladim. Endi janob Xopkinsning arvohi o`zini yaxshi tutishiga umid qilishdan bo`lak choram yo`q”,—deydi direktor.

 


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!