Gulsanam Mamazoitovaning yangi pardozi uning tashqi ko`rinishini tubdan o`zgartirdi( Foto)

15:32, 30 may

O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova yangi qo`shig`iga klip suratga oldirmoqda. Bu haqda u o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi. 

Klip uchun yaratilgan obrazlar Gulsanam Mamazoitovaning muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. Grim ustasi Renata Iskandarova xonandaning makiyajiga o`ta professionallik bilan yondashgan. Makiyaj Gulsanam Mamazoitovaning tashqi ko`rinishini tubdan o`zgartirgan. Internet foydalanuvchilari xonandaning yangi obrazi, xususan makiyaji unga yarashgani va xusniga xusn qo`shganini alohida e`tirof etgan. 

Hatto, ayrim foydalanuvchilar Gulsanam Mamazoitovaning ozgani va nacha yosh ko`ringanini ham e`tirof etgan. 

Ma`lumot uchun, O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova bugun Samarqand viloyatiga jo`nab ketdi.  Xonanda viloyat bo`ylab yakkaxon konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirgan.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!