Maktab o`quvchisi tomonidan sodir etilgan YTHda milisiya xodimi halok bo`ldi

15:36, 30 may

Toshkentda avtomobil boshqarib ketayotgan maktab o`quvchisi milisiya xodimining hayotiga nuqta qo`ydi.

25 dan 26 mayga o`tar kechasi Toshkentning Amir Temur shoh ko`chasida 15 yoshli o`smir Nexia rusumli avtomobilida milisiya xodimini urib ketdi, buning oqibatida milisiya xodimi voqea joyida halok bo`ldi, bu haqda Podrobno.uz Sayyod.com nashriga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning ta`kidlashicha, voqea 9-sinf o`quvchisi tomonidan amalga oshirilgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, o`quvchilar tungi soat 2 larda poyga uyushtirishgan. Boshqa tafsilotlar haqida ma`lumotlar yo`q.


 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!