O`zbekiston dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar reytingida 57-o`rinni egalladi

16:51, 30 may

O`zbekiston rivojlangan mamlakatlar reytingida 57-o`rinni egalladi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana” nashri.  Reyting "Legatum Institut" jamg`armasi tomonidan dunyoning rivojlangan mamlakatlari Indeksi ma`lumotlariga asosan tuzilgan

Reytingda hammasi bo`lib 142 ta mamlakat ishtirok etdi. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari sifatida Norvegiya, Shveysariya va Daniya kabi mamlakatlar e`tirof etildi. To`rtinchi va beshinchi o`rinlarni esa Yangi Zelandiya va Shvesiya egalladi.

Tadqiqotchilar reytingni tuzishda mamlkatdagi iqtisodiyot, siyosat, ta`lim, sog`liqni saqlash tizimi, shaxs erkinligi, fuqaro xavfsizligi va uning jamiyatdagi o`rni kabi jihatlarga e`tibor bergan.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!