Toshkentning Qorasuv-6 dahasida MAN yuk mashinasi, 2 «Gazel» va 3 engil mashina ishtirokida YTH yuz berdi(Foto)

21:27, 30 may

Toshkentning Qorasuv-6 dahasida VAZ-2102 «Jiguli», MAN yuk mashinasi, Lacetti, Spark avtomobillari va ikki «Gazel» mikroavtobuslari ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Hodisa 30 may, dushanba kuni 17:30—18:00 oralig`ida yuz bergan.

Guvohlarning ta`kidlashicha, VAZ-2102 «Jiguli» haydovchisi ko`chadan yugurib o`tgan yigitni o`tkazib yuborish uchun tormoz bosganida, uning ortidan MAN yuk mashinasi kelib urilgan. Zarb natijasida «Jiguli» oldindagi Lacetti’ga etib olgan. Spark, ikki «Gazel» qanday qilib YTHga qo`shilib qolgani aniq emas.

«Xudoga shukrki, hamma sog`, hamma omon! «Jiguli» haydovchisi bugun ikkinchi tug`ilgan kunini ham nishonlayversa bo`ladi», — deb yozadi hodisaga guvoh bo`lgan va butunlay yaroqsiz ahvolga kelgan «Jiguli»ni evakuatorga ortishda qatnashgan Facebook foydalanuvchilaridan biri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!