AQShda eng go`zal jinoyatchi qiz aniqlandi

09:55, 31 may

AQShda eng chiroyli jinoyatchi ayol deb topilgan Jeremi Miksning jiddiy raqibasi paydo bo`ldi. Ijtimoiy tarmoqda polisiya uchastkasida suratga olingan 24 yoshli bosqinchi qiz Sara Siraytning surati tarqaldi, deb xabar qildi “Vesti.ru” nashri.

Bu surat bahorda, Arkanzas shtatida yashovchi Sara Siraytni sug`urtasiz avtomobilni boshqarganligi, 365 dollarni to`lamaganligi uchun polisiya mahkamasiga olib kelinganda suratga olingan.

Saraning jinoyatchilik tarjimai holi shu bilan yakunlanmaydi, u 2012 yilda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan. Sara Sirayt avtomobil boshqarib ketayotganda, tanishini olib borib qo`yaman deb mashinasiga o`tqazgan. Mashinaning orqa o`rindig`iga yashiringan tanishi, erkakni qurol bilan qo`rqitgan, keyin boshiga urib, uning pullarini tortib olgan.

20 yoshli go`zal jinoyatchi qiz odam o`g`irlashda, zo`ravonlikda, bosqinchilikda va polisiya xodimlariga bo`ysunmaslikda ayblangan.

Sirayt faqatgina polisiya xodimlariga bo`ysunmaganligini tan olgan va unga besh yilga sinov muddati belgilangan. 

Qiz ayni paytda ozodlikda yuribdi va ijtimoiy tarmoq orqali erishgan “mashhurligining” rohatini ko`rmoqda. Ilgari go`zal jinoyatchi ayol deb tan olingan Jeremi Miks qamoqdan ozod etilgach, modalar uyidan shartnoma tuzish taklifini olgan.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!