Amerikalik fuqaro rekord o`rnatish uchun o`zini yoqib yubordi(Video)

10:29, 31 may

Amerikalik Brayn Mayser (Brian Miser) dunyo rekordini o`rnatish uchun o`zini yoqib, havoga uchirishlarini so`radi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Mayser ulkan arbalet shaklidagi qurilmadan havoga uloqtirilgan. Bu esa unga havoda 32 metr masofani uchib o`tish imkonini berdi. Mazkur tryuk Italiyaning Lo Show Dei Record shou dasturi efirida namoyish etilgan. 

Shunday qilib, Mayser 1995 yilda Bolgariya fuqarosi Vesta Gaechkova o`rnatgan rekordni yangilashga muvaffaq bo`ldi. Ayol havoda 22,9 metr masofaga parvoz qilgan edi.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!