Sevgi 3 yil yashaydi: munosabatlardagi inqirozni engib o`tish mumkinmi?

11:33, 31 may

Oilaviy psixologlar erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlardagi inqirozni yillarga qarab ajratishadi: To`ydan keyingi 1-yil, 3-5,7, 13 vanihoyat 25-yil.

O`rtangizdagi munosabatlar risoladagidek bo`lishi uchun nimadir etishmayotgandek tuyulyaptimi? Balki, siz inqiroz davlaridan birining ostonasida turgandirsiz.

Munosabatlardagi birinchi inqiroz

Birinchi, ehtirosli sevgi o`tib ketadi hamda birga o`rganish va birga yashash davri keladi. Endi ko`zdagi pushtirang ko`zoynakni echish payti keldi. Bu paytda hayot ranglari birmuncha “oq-qoralashadi”: siz juftingizning kamchiliklarini ko`ra boshlaysiz, bir xillikdan charchab, zerika boshlaysiz. Bunday paytda siz birgalikda sayohatga chiqishingiz hamida birgalikdagi hayotingizni yanada chiroyliroq qilish haqida o`ylashingiz kerak. 

Aslida esa bu hayotdagi eng ajoyib davrlardan biri va ko`pchilik juftliklar bu paytda hech qanday inqirozni sezmaydi. 

Biroq birgalikdagi hayotning birinchi yilidan so`ng sizda inqiroz yuzaga kelgan bo`lsa, xavotirga o`rin yo`q.  Munosabatlaringiz yangi bosqichga o`tmoqda. 

To`ydan 3-5 yil o`tib boshlangan inqiroz

Sevishgan juftlik munosabatlarini qonunan rasmiylashtirib, er-xotin sifatida yashay boshlaydi. Oilada farzand tug`iladi. Bu bosqich er va xotin o`rtasidagi munosabatlarning eng murakkab davri.

Ayollarda kuzatiladigan tug`ruqdan keyingi depressiya, muntazam davom etadigan charchoq va etishmovchilik munosabatlarga sovuqchilik tushishiga olib keladi. 

Statistika ma`lumotlariga ko`ra, ajrashishlarning aksariyat qismi mana shu davrda yuz berar ekan. 

Sevgini saqlab qolish uchun er va xotin bir-birini qo`llab-quvvatlashi va bu kunlar tez orada o`tib ketishiga ishonish kerak.

Farzandingizning shirin kulgularidan zavqlaning, o`zingiz uchun ham etarli darajada vaqt ajrating. Bolalar—hayotingizning bir qismi, xolos. Asosiysi—siz va sevgingiz. 

7 yillik turmushdagi muammolar

Birgalikda turmushning 7-yilida o`zaro munosabatlardagi muammolar er va xotinning bir-biridan ruhan charchashi natijasida yuzaga keladi.

Bir xillik joningizga tegadi, romantika haqida esa hech kim eslamaydi ham, jinsiy hayot esa o`z muhimligi va faolligini yo`qotadi...

Albatta, bunday hol 100 foiz hamma juftliklarda kuzatiladi, deb bo`lmaydi. Uzoq va baxtli oilaviy hayotning siri—hayotdagi arzimagan, kichik narsalardan zavqlanish va bir-biridan zerikishni ajrashish uchun chora deb bilmaslikda!

Nima bo`lgan taqdirda ham bir-biringizdan yuz o`girmang.Munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal qilishga va sevgingizni asrab qolishga harakat qiling. 

Turmush qurganingizga 13 yil bo`ldi

Bu davrda janjal va kelishmovchiliklar turli sabablarga ko`ra yuzaga keladi. Masalan, o`smir farzandingiz tarbiyasiga oid fikrlar qarama-qarshiligi yoki juftliklarning biriga yoqmayotgan, hayotda nimanidir o`zgartirish istagi. 

Murosa qilish—oson ish emas, biroq buning iloji bor.

Munosabatlarni yaxshi tomonga o`zgartirishdan qo`rqmaslik kerak. O`zingizni yoshligi o`tib ketgan va allaqachon qarib qolgan xolalardek tutmang.

25 yillikdagi muammolar

Bir-b iri bilan 25 yildan beri birga yashab kelayotgan juftliklar o`rtasida qanday muammolar bo`lishi mumkin? Axir, sizni bog`lab turuvchi rishtalar judayam ko`p... frazandalringiz ancha ulg`ayib qolishdi,endi bemalol o`zingizga vaqt ajratishingiz, sevimli ishingiz bilan shug`ullanishingiz mumkin. Ammo, har doim ham bunday bo`lavermaydi. Farzandlar ulg`ayib, ota uyini tark etganidan so`ng, er va xotin mung`ayib, o`tgan damlarni qo`msab qolishadi. Mazkur davrni bemalol yashab o`tish uchun, ota-ona bunga o`zlarini tayyorlashni ancha avval boshlashi kerak. Kun kelib bolalar ulg`ayishi va ular ham o`z yo`lidan ketishini tabiiy holat sifatida qabul qilish kerak. Endi o`zingiz haqingizda o`ylash vaqti keldi.

Manba: Cosmo.ru


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!