Internetda yangi Nexia'ning narxlari haqidagi ma`lumot paydo bo`ldi

11:49, 31 may

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Nexia avtomobilining yangi modeli narxlari joylashtirildi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.

Yangi avtomobilning taqdimot marosimi shu yilning 27 may kuni Toshkentda o`tkazildi

V sinfdagi sedan T250 platformasi bazasida ishlab chiqariladi va Nexia’ning odatiy modelining o`rnini bosadi.

Yangi  Nexia-3 avtomobili nafaqat O`zbekiston va MDH mamlakatlari, balki Yaqin Sharq hamda Afrika mamlakatlari avtobozorlarida ham sotiladi.

Uning ulgurji bahosi 35,8 million so`mdan boshlanadi, yarim lyuks - 38,7 million so`m, lyuks - 44,1 million so`m.

Avtomobilning chakana bahosi 47,7 million so`m bo`lib, yarim lyuks - 51,4 million so`m, lyuks - 58,6 million so`m.

Hozircha mazkur ma`lumot GM Uzbekistan tomonidan tasdiqlanmagan.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!